Instagram SBS Security Qo‘ng‘iroq qilish

SBS Security qo‘riqlash agentligi Carrefour xavfsizligini ta’minladi

Chop etilgan: 03.10.2023

Yetakchi qo‘riqlash agentligi SBS Security butun dunyoga mashhur Carrefour tarmog‘iga qarashli, Toshkentdagi eng yirik supermarketlardan biri – Carrefour xavfsizligini muvaffaqiyatli ta’minladi. Qo‘riqlash agentligining brend vakillari bilan hamkorligi chakana savdo korxonalari uchun yuksak professionallik va samarali qo‘riqlash namunasi bo‘ldi, zero bunday korxonalarda mijozlar va xodimlar xavfsizligi jamoatchilik ishonchini saqlash hamda biznesning muvaffaqiyatli faoliyatida asosiy omil hisoblanadi.

SBS Security – xavfsizlik sohasida ko‘p yillik tajribaga ega kompaniya bo‘lib, turli ko‘lamdagi obyektlar xavfsizligini ta’minlashdagi salmoqli yutuqlari inobatga olinib, Carrefour supermarketi xavfsizligini tashkil etishga taklif qilindi. Yuqori malakali mutaxassislar rahbarligida va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda SBS Security supermarketda jinoyatlarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash choralarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.